XMning Lombokdagi hamkorligi: Kelajakni yoritish

Joylangan sana: 26.4.2024 11:10 GMT. Batafsil CSR

XM Indoneziya filialining Peduli Anak fondi bilan oxirgi hamkorligi Lombok, Gʻarbiy Nusa Tenggarada umid chirogʻini yoqadi. 2024-yil 19-martda biz Peduli Anak bilan birlashib hududdagi nochor bolalarga yordam qoʻlini uzatdik va shu orqali mahalliy darajada ijobiy oʻzgarishlar qilish maqsadimizni tasdiqladik.

Peduli Anak fondi Gʻarbiy Nusa Tenggaradagi nochor bolalar uchun umid chirogʻi boʻlib xizmat qiladi va eng asosiy parvarish, taʼlim va yordam taqdim etadi. Ularning maqsadi qashshoqlik zanjirini uzish va bu bolalar uchun yorqin kelajak sari poydervor qoʻyishdan iborat.

Qoʻshma harakatlar orqali XM Indoneziya filiali Lombokdagi nochor bolalarga eng muhim maktab jihozlari va hayot uchun zarur asosiy narsalarni xayriya qilishdi. Poyabzal va paypoqlardan boshlab rassomchilik jihozlari va sochiqlargacha, bizning maqsadimiz ularni taʼlim olish va orzulariga erishish uchun zarur boʻlgan vositalar bilan taʼminlashdan iborat va alal oqibat biz ularning uzoq muddatli baxtiyorligiga hissa qoʻshamiz.

Ularning veb-saytiga kirish va bolalarning hayotida qanday qilib ijobiy oʻzgarish yasash haqida maʼlumot olish orqali Peduli Anak fondi missiyasini qoʻllab-quvvatlash harakatimizga qoʻshiling. Batafsil.