XM Misrda hayot sifatini yaxshilamoqda

Joylangan sana: 23.2.2024 09:11 GMT. Batafsil CSR

2024-yil 3-yanvarda XM Qohiradagi taʼlim orqali hayot sifatini yaxshilashni maqsad qilgan xayriya tashkiloti boʻlgan “Haya Karima”ga yordam taqdim etdi. Bizning xayriyamiz taʼlim tizimining samaradorligini oshirish, kambagʻal bolalar uchun koʻproq savodxonlik sinflarini tuzish hamda maktabda xodimlarning yetarli boʻlishiga hissa qoʻshdi.

“Haya Karima” haqida

”Haya Karima” (Munosib hayot) 2019-yil 22-oktabrda tashkil etilgan milliy tashabbus sanaladi. Tashkilot Misr fuqarolari hayotining sifatini oshirishni maqsad qilgan – ularga oʻz qadr-qimmatini koʻtarish va munosib hayot kechirishga yordam beradi.

Bu tashabbus Misrda hayot sifatini tubdan yaxshilash ehtiyoji paydo boʻlgandan keyin amalga oshirildi. Taʼlim odamlarning tarbiyasidagi eng buyuk taʼsirga ega boʻlgan omil sanaladi va yetarlicha taʼlim imkoniyatlarini taklif etish hayotni oʻzgartirishi mumkin. Sizni bizning Haya Karima tashkilotiga yordamimizga qoʻshilish va ularga barcha misrliklar uchun yorqin, yanada joʻshqin kelajak yaratishda yordam berishga chaqiramiz.