XM Iroqdagi xavfsizlikka oʻz hissasini qoʻshmoqda

Joylangan sana: 3.10.2024 10:39 GMT. Batafsil CSR

Biz zaif hamjamiyatlardagi odamlarning hayotini yaxshilashni maqsad qilgan notijorat Shareteah gumanitar tashkiloti (SGT) orqali Iroqdagi hamjamiyatga davomli yordam berishdan mamnun ekanimizni maʼlum qilamiz.

XMda biz taʼlim bilan xavfsizlik yorqin kelajakning mustahkam poydevori ekaniga ishonamiz hamda doimo bunday harakatlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. 2024-yil 4-sentabrda biz SGTning “Portlovchi moddalar xatarini bilish (PMXB)” loyihasiga oʻz hissamizni qoʻshdik. Bu dastur bolalarga va xatar guruhidagi insonlarga portlamay qolgan aslahalarning zarari haqida maʼlumot berishga moʻljallangan.

Qoʻshadigan hissamiz ayniqsa ziddiyat qamrab olgan hududlarda halokatlarning oldini olish va xavfsizroq hayot sharoitlarini taʼminlashga qaratilgan seminarlar va hamjamiyat seanslarini tashkil etishga yordam beradi.

Biz SGT bilan ushbu muhim harakatlarni ilgari surish va maʼsum insonlar hayotini himoya qilishga yordam berishda hamkorlikni davom ettirishdan faxrlanamiz.

Siz Shareteah gumanitar tashkiloti va ularning foydali ishlari haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.