XM va We Listen Malaysia bolalarga mehr ulashadi

Joylangan sana: 23.1.2024 08:06 GMT. Batafsil CSR

Kiprdagi bosh qarorgohimiz tashkil etgan iliq hamkorlikda biz Selangordagi We Listen Malaysia tashkiloti bilan Cahaya Kasih Bestari parvarish markazi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga mehr koʻrsatish kabi ezgu maqsadda kuchlarimizni birlashtirdik.

Guruchdan ustritsa salati, tovuq, sovunlar, tagliklar, oʻquv anjomlari, ventilyatorlar hamda kir yuvish mashinalarigacha boʻlgan biz xayriya qilgan buyumlar yoshlarga farovonlikni taʼminlashga yordam beradi.

Kipr va Gretsiyadagi jamoamiz aʼzolari Malayziyaga safar qilishdi va buyumlarni bolalarga tarqatish hamda ularning iliq munosabatiga guvoh boʻlish imkoniga ega boʻlishdi. Undan tashqari, jamoa ular bilan qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazishdi va bu ularning xayolida umrbod yoddan chiqmaydigan tadbir boʻldi.

Tashabbusimiz ehtiyojmand oilalarning farovonligini taʼminlash va ularga yordam berish uchun tuzilgan nodavlat We Listen Malaysia tashkilotining koʻmagisiz amalga oshmas edi. Ularning sadoqati ajoyib insonlar va tashabbuslar chindan ham dunyoni oʻzgartirishi mumkinligini isbotladi.

Bu xayriya tadbiri bizning #WeListenCare dasturi doirasida amalga oshirildi, uning maqsadi bolalar ishlari boʻyicha muammolarni boshqarishni osonlashtirish orqali mehribonlik markazlari boshqaruvini dastaklashdan iborat. Cahaya Kasih Bestari parvarish markazidagi muvaffaqiyatli tadbir yanada koʻproq bolalarning hayotini yaxshilash va dunyo boʻylab mehribonlik uylariga yordam berishdan iborat orzumiz amalga oshishidagi yana bir qadam boʻldi.

Bu xayriya ishidan juda baxtiyor boʻldik va g‘ururga to‘ldik. Bundan nafaqat bolalar yuzlarida tabassum bilan uxlaydilar, balki ushbu 2023-yildagi oxirgi xayriya tadbirimiz orqali biz 2024-yilga oʻz maqsadlarimiz va o‘zimizga qatʼiy ishonch bilan kirib boramiz. Biz insonmiz. Biz XMmiz.

2023-yil 27-noyabrda Cahaya Kasih Bestari parvarish markazida amalga oshirilgan tadbir XM tomonidan bu yil Malayziyada amalga oshirilgan toʻrtinchi xayriya tadbiri boʻlib, u dunyo boʻylab hamjamiyatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davomli tashabbusimizning bir qismi sanaladi.

Biz bilan ishlagan We Listen Malaysia tashkiloti haqida batafsil maʼlumot oling va ularga yaxshiroq dunyo yaratishda yordam bering.