XM va Singapur Qizil xoch jamiyati: Birgalikda kuchliroq

Joylangan sana: 23.4.2024 07:17 GMT. Batafsil CSR

Gumanitar harakatlarning oʻzagiga qoʻshilish orqali XM yaqinda ikki yildan beri koʻplab xayriya ishlaridagi uzoq muddatli hamkorimiz Singapur Qizil xoch jamiyatining bosh qarorgohiga tashrif buyurish sharafiga muyassar booʻldi. Bu tashrif aloqalarni mustahkamlash, kelasi kampaniyalarni muhokama qilish va tashkilotning amaliyotlariga tahliliy nazar tashlashni maqsad qilgan.

1949-yilda tashkil etilgan Singapur Qizil xoch jamiyati odamlarning qiyinchiliklarini yengillatish va favqulodda holatlarga javob berishga bagʻishlangan mahalliy gumanitar tashkilot sanaladi. Ular turli dasturlar, jumladan qon donorligi, nogiron va qariyalarni qoʻllab-quvvatlash va hamjamiyatda birinchi yordam koʻrsatisni ichiga oluvchi turli dasturlar orqali zaif aholi qatlamiga xizmat qiladi.

Tashrif chogʻida XM jamoasi iliq kutib olindi va tashkilot obyektlari boʻylab sermazmun koʻrgazma uyushtirildi. Muhokamalar yaqinlashayotgan kampaniyalar, oʻzaro ishonch yaratish va har bir tomonning ish madaniyatini tushunish atrofida qurildi.

XM Singapur Qizil xoch jamiyati bilan uning Singapur jamiyatida ijobiy oʻzgarishlar qilishga oid saʼy-harakatlarini amalga oshirishda barqaror hamkorlikni davom ettirish istagini bildiradi. Siz Singapur Qizil xoch jamiyati amalga oshiradigan qimmatli ishlar haqida batafsil maʼlumotni redcross.sg veb-saytiga kirish orqali olishingiz mumkin.