XM va BAZNAS Jakartada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda

Joylangan sana: 11.6.2024 10:13 GMT. Batafsil CSR

BAZNAS bilan yaqin hamkorlik natijasida XM 2024-yil 16-aprelda Indoneziyaning Jakarta shahridagi 51 ta nochor oilaga muqaddas Ramazon paketlarini tarqatdi.

Ramazon oyi va hayit bayramlari Indoneziyada eng koʻp kutiladigan bayramlar sanaladi, ammo koʻp nochor oilalar uni keragiday nishonlay olmaydi. Ularning bayramlarini yanada rang-barang qilish va asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun biz guruch, oʻsimlik yogʻi, shakar, choy xaltachalari, soya sousi, konservalangan baliq, sirop, pechenye va joynamozdan iborat paketlarni tarqatib chiqdik.

Milliy Amil Zakat agentligi (BAZNAS) hukumat tomonidan tuzilgan gumanitar tashkilot boʻlib, odamlarning ogʻirini yengil qilish, odamlarning hayoti va qadr-qimmatini saqlash hamda favqulodda holatlarda yordam berish bilan shugʻullanadi. BAZNAS imkoniyatlari cheklangan odamlarga turli dasturlar, jumladan nochorlarga oziq-ovqat va kerakli buyumlarni tarqatish orqali xizmat koʻrsatishga diqqat qaratadi. BAZNAS bilan hamkorlik oʻrnatish orqali XM Indonesia ijobiy oʻzgarishlar yasashga intiladi va qiynalgan oilalarning farovonligini qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.

BAZNAS tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar va ularga qanday yordam berishingiz mumkinligini aniqlash uchun baznas.go.id veb-saytiga tashrif buyuring.