Biz Pokistonda taomlar va Ramazon mehrini ulashdik

Joylangan sana: 24.4.2024 08:56 GMT. Batafsil CSR

”Rizq” xayriya tashkiloti bilan biz muqaddas Ramazon oyida mehr ulashish masadida qishloq joylardagi muhtoj aholiga ovqat paketlarini xayriya qildik.

Pokistonda 20 milliondan ortiq odam yordamga muhtoj. Koʻp oilalar va odamlar yetarli darajadagi kundalik ovqat yeyish imkoniyatig ega emas. Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik nafaqat sogʻliq va bolalarning rivojlanishiga salbiy taʼsir qiladi, balki oʻqish, ishlash va qashshoqlik xalqasini uzishni qiyinlashtiradi. Ovqat tarqatish xayriyasi bilan biz yordamga muhtoj odamlarning sogʻligʻi va kelajagini dastaklashimiz va ularga Ramazon oxiridagi anʼanaviy Iyd nonushtasiga tayyorlanishda yordam berishimiz mumkin.

Yordam qilish yoʻllarini bilib oling

Biz Pokistonda ochlikni yengishga qaratilgan Rizq missiyasini qoʻllab-quvvatlashdan mamnunmiz. Sahiylik bilan berish namunasi yordamida ular yaxshiroq, yanada mehribon dunyo yaratishni maqsad qilgan. Siz batafsil maʼlumot olishingiz va ularning vebsaytida xayriya qilishingiz mumkin.