XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Savdo platformalari

MetaTrader 4

XM MT4 – tezroq va yaxshiroq

XM savdoni amalga oshirish sifatini oʻylagan holda MT4 platformasini taqdim etishda yetakchilardan boʻldi. MT4 platformasida takroriy kotirovkalarsiz, rad etishlarsiz va 1:1 dan 1000:1 gacha diapazondagi moslashuvchan kredit yelkasi yordamida savdo qiling.

  • 8 ta platformaga 1 yagona login orqali kirish
  • Mikro lot hisoblar (Ixtiyoriy)
  • 0 punktgacha past boʻlgan spredlar
  • 1000 dan ortiq vositalar bilan savdo

MetaTrader 5

XM MT5 — 1 platforma, 7 aktiv toifalari

XM MT5 300 aksiyalarga CFDlarni qoʻshish orqali XM MT4 platformasi taqdim etadigan barcha ilgʻor funksiyalarni taklif etadi va shu tariqa mukammal multi-aktiv platformasiga aylanadi. 1 ta platformadan turib rad etishlarsiz, takroriy kotirovkalarsiz va 1:1 dan 1000:1 gacha kredit yelkasi yordamida foreks va aksiyalar, oltin, neft va kapital indekslari CFDlari bilan savdo qiling.

  • 7 ta platformaga 1 yagona login orqali kirish
  • 80 dan ortiq tahliliy obyektlar
  • Eng oxirgi narx kotirovkalarining bozor chuqurligi
  • 1000 dan ortiq vositalar, jumladan, fond CFDlar, fond indeks CFDlari, Foreks, qimmatbaho metallar uchun CFDlar va energiya mahsulotlari uchun CFDlar.

Riskdan ogohlantirish: FX va CFD savdosi oʻz ichiga yoʻqotishlarning yuqori riskini oladi. Sh&Q qoʻllanadi

Barchasini ochish|Barchasini yopish

Foreks savdo platformasi nima?

Foreks savdo platformasi aslida XM tomonidan mijozlariga savdo qilishlari uchun taqdim etilgan dasturiy taʼminotdir.

XM platformalari (dasturi) quyidagilar uchun mavjud

  • 1. Yuklab olinadigan Windows yoki Mac ilovalari
  • 2. Brauzer shaklidagi (veb) yuklab olinmaydigan ilovalar
  • 3. Smartfonlaringiz uchun ilovalar

XM barcha platformalarida foreks savdosini (valyutalar savdosi) taklif etadi. Mijozlarimiz oʻz ehtiyojlariga mos savdo hisobini tanlashlari va roʻyxatdan oʻtayotganda oʻzlariga yoqqan savdo platformasini tanlashlari mumkin.

XM 2 ta savdo platformalar oilasini taklif etadi:

  • 1. MT4 platformalar oilasi
  • 2. MT5 platformalar oilasi (unga XM WebTrader ham kiradi)

Shuni inobatga olingki, XM WebTrader bu MT5 platformalar oilasining bir qismidir va shuning uchun mijoz MT5 savdo platformalari oilasiga kirishda foydalanadigan login va parol yordamida unga kirishda foydalanishi mumkin.

Men har qanday XM savdo platformasiga qanday kirishim mumkin?

Har qanday XM savdo platformasiga kirish uchun sizda demo yoki jonli savdo hisobi boʻlishi lozim. Har bir betakror hisob sizga roʻyxatdan oʻtish vaqtida tanlagan savdo platformasiga kirish imkonini beradigan login raqamini taqdim etadi.

Ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, siz MT4 (FX savdo platformasi) yoki MT5 (multi-aktiv savdo platformasi) tanlashingiz mumkin.

Multi-aktiv savdo platformasi nima?

Multi-aktiv savdo platformasi mijozlarga nafaqat foreks, balki boshqa aktiv turlari, jumladan fond indekslari, metallar yoki energiya mahsulotlari bilan savdo qilish imkonini beradigan savdo platformasidir.

XM mijozlariga MT5 platformasida multi-aktivlar savdosini taklif etadi.

Bir necha aktivlar toifalari bilan savdo qilishni istagan mijozlar roʻyxatdan oʻtishda MT5 platformasini tanlashi lozim.

Hozirda MT4 platformasida savdo hisobiga ega boʻlgan va MT5 platformasida ham hisobga egalik qilishni istagan joriy mijozlar XM shaxsiy kabinetidan turib qoʻshimcha hisob ochishlari va qoʻshimcha hisob uchun MT5 ni savdo platformasi sifatida tanlashlari lozim.

Men qaysi platformani tanlashim lozim?

Qaysi platformani tanlash borasidagi qaror mijoz nimalar savdosi bilan shugʻullanishiga bogʻliq. XMda mijozlar MT4 platformalar oilasi va MT5 platformalar oilasi orasida tanlash imkoniyatiga ega.

Bir necha aktivlar toifalari bilan savdo qilish erkinligini istagan mijozlarga MT5 platformalar oilasini tanlash tavsiya etiladi, unda ular XM WebTraderga ham kirishlari mumkin.

MT4 platformasi bilan MT5 platformasi orasidagi farq nimada?

MT4 va MT5 orasidagi asosiy farq shundaki, MT4 asosan foreks savdo platformasidir, MT5 esa multi-aktiv savdo platformasidir. Bu MT5 nafaqat FX savdosi, balki aksiyalar, fond indekslari va qimmatbaho metallar savdosini taklif etishini anglatadi.

Men oʻzim tanlagan savdo platformasiga depozitni qanday qoʻyaman?

Siz savdo qilayotgan savdo platformasiga mablagʻ qoʻyish uchun oldin jonli savdo hisobini ochishingiz talab etiladi.

Jonli hisobingiz XM shaxsiy kabinetiga kirish imkonini beradi, u yerda siz savdo hisobingizga mablagʻ depoziti qoʻyishingiz va pul yechishingiz mumkin.

Har qanday depozit qoʻyish va pul yechish, hisobingiz sozlamalarini oʻzgartirish XM shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi, shaxsiy kabinetingizda bu harakatlarni amalga oshirish paytida sizga ekran koʻrsatmalari taqdim etiladi va barcha oʻzgarishlar savdo platformasida aks etadi.

Men smartfonim orqali savdo qilsam boʻladimi?

Ha, qilishingiz mumkin. XM barcha savdo platformalarida mobil savdo imkoniyatini taqdim etadi va mijozlarimiz platformalariga mos keluvchi ilovani yuklab olishlari mumkin.

Mobil savdo platformalariga kirish yoʻriqnomalarini XM veb-saytidagi mobil platformaning tegishli sahifasida topish mumkin.

Men telefonim orqali savdo platformamga depozit qoʻyishim yoki pul yechishim mumkinmi?

Ha, qilishingiz mumkin. XMda depozitlar va pul yechish XM shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi va u mobil savdoni nazarda tutib yaratilgani bois barcha qurilmalarda toʻliq ishlaydi.

Barcha platformalarga bitta login/parol bilan kiriladimi?

Yoʻq, unday emas. MT4 platformalar oilasiga bir xil login va parol bilan kirish mumkin, shu bilan birga MT5 platformalar oilasiga oʻziga tegishli bir xil parol va login bilan kirish mumkin boʻladi.

XM 2 ta savdo platformalar oilasini taklif etadi:

  • 1. MT4 platformalar oilasi
  • 2. MT5 platformalar oilasi (unga XM WebTrader ham kiradi)

Shuni inobatga olingki, XM WebTrader bu MT5 platformalar oilasining bir qismidir va shuning uchun mijoz MT5 savdo platformalari oilasiga kirishda foydalanadigan login va parol yordamida unga kirishda foydalanishi mumkin.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.