XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Sotib olish nima?

Sotib olish deb biror kompaniya boshqa kompaniyaning koʻpchilik yoki barcha aksiyalarini sotib olish orqali nazoratini qoʻlga olishiga aytiladi. Nazorat chegarasi kompaniya aksiyalarining 50% yoki undan ortigʻi sanaladi.

Mashhur kompaniyalarning yirik masshtabli sotib olinishi yangiliklarda koʻp tilga olinsada, kichik va oʻrta oʻlchamdagi kompaniyalarning birlashishi va sotib olinishi koʻproq yuz beradi.

Kompaniya nazoratini qoʻlga olishning 3 ta yoʻli bor:

  • Sotib olish koʻpincha doʻstona harakat sanaladi
  • Egallash koʻpincha dushmanona harakat sanaladi
  • Birlashish bu avvalgi ikki kompaniyaning birlashib yangi kompniya hosil qilishidir

Qoʻshilish va xarid qilishlar turli sabablarga koʻra yuz beradi, jumladan:

  • Masshtab effektiga ega boʻlish
  • Qoʻshimcha diversifikatsiya taqdim etish
  • Bozorda kattaroq ulushga ega boʻlish
  • Korporativ birdamlikni oshirish
  • Xarajatlarni qisqartirish
  • Yangi texnologiya yoki mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish

Yordam kerakmi?

Yordam markazida chiqmagan savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling va vakillarimizdan biri sizga yordam beradi.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.