XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Men qanday skrinshot olaman?

Windows qurilmasida

Windows desktop kompyuteri yoki noutbuki orqali skrinshot olishning bir necha uslubi bor.

A) Klaviatura bilan:

  1. 1. Ekrandan almashinuv buferiga nusxa olish uchun klaviaturada PrtSc (Print Screen) tumgasini bosing
  2. 2. Tasvirni tasvirni tahrirlash vositasiga (paint kabi) yoki Word yoki Excel dasturiga joylash uchun CTRL + V tugmalarini bosing

B) Qirqish vositasi bilan:

  1. 1. Windowsning keyingi versiyalarida "Start" belgisi yoki lupaga bosing
  2. 2. "Qirqish vositasini" qidiring va natijalar roʻyxatida uning nomiga bosing
  3. 3. Skrinshot olish uchun "Yangi" tugmasiga bosing
  4. 4. Tasvirni tasvirni tahrirlash vositasiga (paint kabi) yoki Word yoki Excel dasturiga joylash uchun CTRL + V tugmalarini bosing

Mac qurilmasida

Mac kompyuteri yoki desktopida skrinshot olish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

  1. 1. Kursor paydo boʻlguncha Shift + Command + 4 tugmalarini bosing
  2. 2. Ekranning rasmini olmoqchi boʻlgan hududini tanlash uchun kursorni tortib boring
  3. 3. Tanlovni surish uchun tortish vaqtida probel klavishini bosib turing
  4. 4. Skrinshot olishni bekor qilish uchun Esc tugmasini bosing
  5. 5. Skrinshot olish uchun sichqoncha yoki trekpad tugmasini qoʻyib yuboring
  6. 6. Skrinshotni tahrirlash uchun ekraningizning burchagida eskizga bosing
  7. 7. Skrinshot desktopingizga standart shaklda saqlanadi

Android qurilmasida

Android plansheti yoki smartfonida skrinshot olishning bir necha uslubi bor.

  1. Quvvat va ovozni pasaytirish tugmalarini bir vaqtda bosing
  2. Quvvat tugmasini bir necha soniya bosib turing va Skrinshot tugmasiga bosing
  3. Agar bularning birortasi ishlamasa, telefon ishlab chiqaruvchining yordam xizmatiga yozing, chunki funksiyalar farqlanishi mumkin.

iOS qurilmasida

iPad yoki iPhone orqali skrinshot olishning bir necha uslubi bor.

Face ID bilan (mos modellarda)

  1. 1. Yon va ovozni koʻtarish tugmalarini bir vaqtda bosing
  2. 2. Ikkala tugmani tez qoʻyib yuboring
  3. 3. Eskiz ekraningizning quyi chap tomonida chiqadi
  4. 4. Skrinshotni ochish uchun eskizni bosing yoki olib tashlash uchun chapga suring

Touch ID bilan (mos modellarda)

  1. Yon va bosh sahifa tugmalarini bir vaqtda bosing, keyin har ikki tugmani tez qoʻyib yuboring
  2. Eskiz ekraningizning quyi chap tomonida chiqadi
  3. Skrinshotni ochish uchun eskizni bosing yoki olib tashlash uchun chapga suring

Yordam kerakmi?

Yordam markazida chiqmagan savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling va vakillarimizdan biri sizga yordam beradi.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.