XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Men XMga kiritgan pullarim xavfsiz saqlanadimi?

Ha, biz dunyo boʻylab millionlab treyderlar ishonadigan tartibga solinuvchi brokermiz hamda mablagʻlaringiz xavfsizligini taʼminlash uchun bir necha choralar koʻrganmiz. Biz yana mijozlarning himoyasini kuchaytirish maqsadida Moliyaviy vositalardagi bozorlar direktivasi (MiFID) talablariga qatʼiy boʻysunamiz.

Quyidagilar biz qoʻllaydigan choralardan bir qanchasi sanaladi:

Mijozlar mablagʻlarining ajratilishi: barcha mijozlarning mablagʻlari kompaniya hisoblaridan ajratilgan holda alohida hisoblarda saqlanadi, yaʼni toʻlovga layoqatsizlik yuz berganda, pullaringiz himoyalangan holatda boʻladi

Obroʻli bank hamkorlar: barcha mijoz va savdo faoliyati mablagʻlari yuqori obroʻ-eʼtiborga ega Yevropa moliya tashkilotlaridagi hisoblarda saqlanadi

Investorlarning kompensatsiya fondi (ICF): toʻlovga layoqatsizlik yoki xizmatlarimiz toʻxtatilishi holati yuz bersa, kompaniya ustivorlik tartibida mijozlarga zararni kompensatsiya qilib beradi

Tartibga soluvchi nazorat: tartibga solinuvchi Kipr investitsiya korxonasi sifatida, biz oylik va choraklik moliyaviy hisobotlarni Qimmatbaho qogʻozlar va birjalar boʻyicha Kipr komissiyasiga (CySEC) yuborish kabi qatʼiy talablarga boʻysunish majburiyatiga egamiz. Qonun tomonidan bizdan mijozlarning depozitlarini, kompaniyaning joriy pozitsiyalaridagi chayqalishlar va har qanday qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda likvid kapitalga ega boʻlish talab etiladi. Nazorat organimizga har yili mustaqil ichki auditor tomonidan har qanday yetishmovchiliklar haqida maʼlumot beriladi. Undan tashqari, har yili tashqi auditor tomonidan kompaniyaning moliyaviy hisobotlari audit qilinadi.

Chinakam demo yoki savdo hisobini ochishga tayyormisiz?

Yordam kerakmi?

Yordam markazida chiqmagan savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling va vakillarimizdan biri sizga yordam beradi.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.