XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Foreks hisoblari

Foreks hisoblari haqida

Foreks hisoblari sizga real vaqtda valyutalar savdosini amalga oshirish imkonini beradi. Ular turli shartnoma oʻlchamlarida boʻladi va turli savdo shartlarini taklif etadi va siz ularni investitsiya maqsadlaringiz va savdo strategiyalaringizga moslashtirishingiz mumkin.

Savdo hisoblarining aniq xususiyatlari brokerlarga qarab farqlanadi. Siz eʼtibor qaratishingiz lozim jihat shuki, biror savdo hisobi qandaydir qiziqarli funksiyalarni taklif etishiga qaramasdan, eng muhimi bularni ishonchli broker taqdim etishidir. Ishonchli soʻzi foreks biznesidagi eng asosiy soʻz sanaladi: u brokeringiz tartibga solinishi va oʻz xizmatlarini toʻliq biznes shaffofligida taqdim etishini bildiradi. Bu buyruqlarning 100% bajarilishini, takroriy kotirovkalar yoʻqligini, buyruqlar rad etilmasligini, manfiy balans yoʻqligini hamda investorning himoyalanishini kafolatlaydi.

Foreks hisobi turlari

Umuman olganda, ikkita asosiy hisob turlari mavjud: demo hisoblar va haqiqiy savdo hisoblari.

Agar foreks savdosini boshlagan boʻlsangiz, demo hisob yaxshi tanlov boʻladi. Unda haqiqiy savdo hisobining barcha funksiyalari simulyatsiya qilingani katta afzallik hisoblanadi va u sizga savdo amaliyotlarini real bozor sharoitlarida amalga oshirish imkonini beradi. Yagona farqi shundaki, demo hisob virtual valyuta bilan taʼminlanadi, demakki sizning foyda va zararlaringiz ham simulyatsiya qilinadi.

Demo hisob yordamida siz real vaqtdagi bozor oʻzgarishlarini kuzatishingiz va savdo strategiyalaringizni shunga qarab moslashingiz, xarid va sotish uchun buyruqlarni qanday joylashni oʻrganishingiz hamda bu amaliyotlarni real savdo hisobi bilan amalga oshirganda natijalar qanday boʻlishini koʻrishingiz mumkin. Demo savdo sizga tez va xatarlarsiz koʻnikmalaringizni yaxshilashga imkon bersa-da, u ikkita jihatni simulyatsiya qila olmaydi: xarid va sotish buyruqlarini bajarish vaqti va savdo psixologiyasi.

Demo hisoblar natijalarni simulyatsiya qilgani sababli buyruqni bajarish vaqti nisbatan tez boʻlishi mumkin – hatto haqiqiy hisob bilan ayni buyruqni bajarish bilan solishtirgandan ham tezroq. Yaʼni olingan natijalar haddan tashqari optimistik boʻlishi mumkin. Xuddi shu narsani savdo psixologiyasi haqida aytsa boʻladi. Real bozor sharoitlarida ham boʻlsin virtual mablagʻlarni tikish haqiqiy pulni tikish bilan solishtirib boʻlmaydi. Psixologik til bilan aytganda, bu sizning savdo qarorlaringizga hamda virtual foyda va zararga boʻlgan reaksiyangizga taʼsir etadi.

Haqiqiy savdo hisoblari

Kattaroq foydalar olishni boshlash uchun micro hisobi yaxshi tanlov boʻlishi mumkin. Micro savdo hisoblari odatda 1000 USD va 10 000 USD orasidagi balans bilan ishlaydi va sizga standart lot fraksiyasi (yaʼni oʻzingiz istagan har qanday 100 000 USD ga teng valyuta) bilan savdo qilish imkonini beradi. Dastlabki depozitingizni oqilona foydalanish va bir qancha kredit yelkasi orqali siz micro hisobida sezilarli foyda olishingiz mumkin.

Yirikroq foreks hisoblari Mini va Standard hisobni oʻz ichiga olishi mumkin. Mini hisoblar Standard hisobning 10% qiymatiga teng, yaʼni ularda 10 000 birlik shartnomalari boʻladi, vaholanki Standard hisoblari 100 000 birlik shartnomalariga ega. Masalan, 1 EUR/USD mini lotining 1 ta savdosi 10 000 USD savdosi sanaladi, standart lot 100 000 USD yoki koʻproqqa teng.

Turli brokerlar savdo hisoblari uchun turli nomlardan foydalanadi, har biri uchun turli savdo shartlarini taklif etadi. Haqiqiy hisob bilan savdo qilishni boshlashdan oldin doimo bunday tafsilotlar bilan tanishing.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.