XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.
post-image

XM va BAZNAS Jakartada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda

Joylangan sana: 11.6.2024 10:13 GMT

BAZNAS bilan yaqin hamkorlik natijasida XM 2024-yil 16-aprelda Indoneziyaning Jakarta shahridagi 51 ta nochor oilaga muqaddas Ramazon paketlarini tarqatdi. Ramazon oyi va hayit bayramlari Indoneziyada eng koʻp kutiladigan bayramlar sanaladi, ammo koʻp nochor oilalar uni keragiday nishonlay olmaydi. Ularning bayramlarini yanada rang-barang qilish va asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun biz guruch, oʻsimlik yogʻi, shakar, choy xaltachalari, soya sousi, konservalangan baliq, sirop, pechenye va joynamozdan iborat paketlarni tarqatib chiqdik. Milliy Amil Zakat agentligi (BAZNAS) hukumat tomonidan tuzilgan gumanitar tashkilot boʻlib, odamlarning ogʻirini [..]

post-image

XM va Red Cross SG migrantlarga yordam beradi

Joylangan sana: 21.5.2024 08:58 GMT

XM Singapur yaqinda Singapur Qizil xoch jamiyati bilan hamkorlikda Singapurdagi Migrant Domestic Workers (MDWs) tashkiloti uchun sport sayrini tashkil etdi. Tadbir 2024-yil 7-aprelda oʻtkazildi va The Cage Kallangdagi 21 ta migrant parvarishlovchilarga dam olish va sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish imkoniyatini taqdim etishni maqsad qildi. Kampaniya Singapur Qizil xoch jamiyatining migrant ishchilarning ruhiy salomatligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan urinishlarining bir qismidir, bunga kriket va futbol kabi ommaviy sport turlari ham kiradi. Qoʻshimcha ravishda, MDW xodimlariga ruhiy charchoqni kamaytirish va umumiy farovonlikka [..]

post-image

XMning Lombokdagi hamkorligi: Kelajakni yoritish

Joylangan sana: 26.4.2024 11:10 GMT

XM Indoneziya filialining Peduli Anak fondi bilan oxirgi hamkorligi Lombok, Gʻarbiy Nusa Tenggarada umid chirogʻini yoqadi. 2024-yil 19-martda biz Peduli Anak bilan birlashib hududdagi nochor bolalarga yordam qoʻlini uzatdik va shu orqali mahalliy darajada ijobiy oʻzgarishlar qilish maqsadimizni tasdiqladik. Peduli Anak fondi Gʻarbiy Nusa Tenggaradagi nochor bolalar uchun umid chirogʻi boʻlib xizmat qiladi va eng asosiy parvarish, taʼlim va yordam taqdim etadi. Ularning maqsadi qashshoqlik zanjirini uzish va bu bolalar uchun yorqin kelajak sari poydervor qoʻyishdan iborat. Qoʻshma harakatlar orqali [..]

post-image

Biz Pokistonda taomlar va Ramazon mehrini ulashdik

Joylangan sana: 24.4.2024 08:56 GMT

”Rizq” xayriya tashkiloti bilan biz muqaddas Ramazon oyida mehr ulashish masadida qishloq joylardagi muhtoj aholiga ovqat paketlarini xayriya qildik. Pokistonda 20 milliondan ortiq odam yordamga muhtoj. Koʻp oilalar va odamlar yetarli darajadagi kundalik ovqat yeyish imkoniyatig ega emas. Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik nafaqat sogʻliq va bolalarning rivojlanishiga salbiy taʼsir qiladi, balki oʻqish, ishlash va qashshoqlik xalqasini uzishni qiyinlashtiradi. Ovqat tarqatish xayriyasi bilan biz yordamga muhtoj odamlarning sogʻligʻi va kelajagini dastaklashimiz va ularga Ramazon oxiridagi anʼanaviy Iyd nonushtasiga tayyorlanishda yordam berishimiz [..]

post-image

XM “Xayriya huquqi” bilan jipslashdi

Joylangan sana: 23.4.2024 09:52 GMT

Resurslar va tajribasidan foydalangan holda XM Selangorning Kalumpang shahridagi nogiron oʻquvchilarga yordam berish maqsadida kuchlarini Charity Right Malaysia bilan birlashtirdi. Bu Ramazonda yaxshi amallar CSR tashabbusi XMning hamjamiyatlarda ijobiy oʻzgarish yasashga oid sadoqatini urgʻulaydi. Ushbu hamkorlik orqali XM Ramazon oyida nogiron oʻquvchilarga asosiy quruq taom zaxiralarini taqdim etdi. Ozuqaviy taomlarni yeyish imkoniyatini taqdim etish orqali XM ochlikni yumshatish va ushbu oʻquvchilarning farovonligini yaxshilashni maqsad qilgan va shu orqali Charity Right tashkilotining odamlarni qoʻllab-quvvatlashga oid asosiy missiyasini aks ettiradi. Bu yordam [..]

post-image

XM va Singapur Qizil xoch jamiyati: Birgalikda kuchliroq

Joylangan sana: 23.4.2024 07:17 GMT

Gumanitar harakatlarning oʻzagiga qoʻshilish orqali XM yaqinda ikki yildan beri koʻplab xayriya ishlaridagi uzoq muddatli hamkorimiz Singapur Qizil xoch jamiyatining bosh qarorgohiga tashrif buyurish sharafiga muyassar booʻldi. Bu tashrif aloqalarni mustahkamlash, kelasi kampaniyalarni muhokama qilish va tashkilotning amaliyotlariga tahliliy nazar tashlashni maqsad qilgan. 1949-yilda tashkil etilgan Singapur Qizil xoch jamiyati odamlarning qiyinchiliklarini yengillatish va favqulodda holatlarga javob berishga bagʻishlangan mahalliy gumanitar tashkilot sanaladi. Ular turli dasturlar, jumladan qon donorligi, nogiron va qariyalarni qoʻllab-quvvatlash va hamjamiyatda birinchi yordam koʻrsatisni ichiga oluvchi [..]

post-image

Biz Vyetnamda bolalar kunida kitoblar xayriya qildik

Joylangan sana: 22.4.2024 08:31 GMT

”Bolalar uchun kitob javonlari” loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun biz Nghe An viloyatidagi Ky Son tumanida joylashgan 10 ta boshlangʻich va oʻrta sinflar maktablariga kitoblar hadya qildik, bu togʻli hududlardagi imkoniyati cheklangan bolalarga taʼlim olish imkonini beradi. Bu kitoblar 10 ta sinfdagi javonlarni toʻldirgan holda oʻquvchilarni oʻqishga ilhomlantiradi va oʻqituvchilar bilan har kuni oʻqish seanslarini oʻtish imkonini beradi. Oʻqish shunchaki bilim olish emas, u bolalarni oʻrganish va orzu qilishga undaydi. Eng yosh oʻquvchilar uchun rangli va taktil kitoblar ularning dunyoni qabul qilishini [..]

post-image

XMning samimiy Ramazon iftori yordami

Joylangan sana: 16.4.2024 09:49 GMT

Hamdardlik va birdamlik ruhida XM yaqinda muqaddas oyda ehtiyojmandlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Ramazon iftori tashabbusini yoʻlga qoʻydi. Ushbu korporativ ijtimoiy masʼuliyat tashabbusi orqali XM qiyinchilikka uchragan odamlar va oilalarga xursandchilik va osoyishtalik olib kirishni maqsad qilgan. Marokashning Kasablanka shahridagi obroʻli Association Bab Rayan xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda XM ehtiyojmand odamlar va yetimlarga iftor taomlarini taqdim etish uchun 2000$ xayriya qildi. Bu tashabbus XMning oʻzi faoliyat yuritadigan hamjamiyatlarda ijobiy taʼsir oʻtkazishga oid majburiyatini aks ettiradi. Association Bab Rayan, 2014-yilda Marokash qiroli yordamida [..]

post-image

XM va Human Initiative Demakdagi toshqinlardan qochgan odamlarga umid bagʻishlaydi

Joylangan sana: 15.4.2024 09:33 GMT

Human Initiative tashkiloti bilan xolis hamkorlikda XM Demakda yashaydigan toshqinlardan qochgan insonlarga yordamga qoʻshildi, shu orqali insoniyat qanday yaxshiliklar qila olishini gʻurur bilan namoyish eta bildi. Fevral boshida yuz bergan toshqinlarga javobimiz tezkor boʻldi va ikki yuzdan ortiq issiq ovqat paketlri, koʻplab gallon suv va boshqa oshxona paketlari bilan biz xayriya qilgan buyumlar ushbu falokatdan zarar koʻrgan ehtiyojmand insonlarga foydasi tegishi aniq. Bu tashabbus yordamga muhtoj odamlarga oxirgi hodisalar va ehtiyojlardan kelib chiqib koʻmak berishni niyat qilgan gumanitar tashkilot boʻlgan [..]

post-image

XM Highlands maktabiga texnologiya olib keladi

Joylangan sana: 19.3.2024 09:57 GMT

Nuôi Em loyihasi bilan 2023-yil 20-dekabrdagi hamkorlik mahsuli sifatida XM Vyetnamning tog‘li mintaqasida texnologik revolutsiya yaratdi. 15 ta kompyuterni xayriya qilish orqali biz Vyetnamning Son La shahridagi oʻquvchilarning texnologiya tanqisligini hal etdik. Chieng Chung maktabiga tashrifimizda biz hududdagi oʻquvchilar duch keladigan muammolarni yaxshiroq tanishish uchun mudir va oʻqituvchilar bilan uchrashdik. Jamoamiz yana oʻquvchilarga kompyuter asoslarini va yangi texnologiyadan foydalanishni oʻrgatish orqali faol ravishda ularni qoʻllab-quvvatladi. Nuôi Em Vyetnamning olis va yaxshi rivojlanmagan hududlaridagi qiyinchiliklarga duch kelgan bolalarni aniqlash va ularni [..]

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.