Ehtiyojmand Shri-Lanka bolalariga ochlikka qarshi yordam

Joylangan sana: 30.7.2024 08:23 GMT. Batafsil CSR

Bu yozda biz Child Action Lanka nomli xayriya tashkiloti bilan keyingi 10 oy davomida Shri-Lankadagi ehtiyojmand bolalarga oziq-ovqat tarqatish boʻyicha hamkorlik oʻrnatdik.

2009-yilda2009-yilda nihoyasiga yetgan salkam 30 yil davom etgan fuqarolik urushidan keyin Shri-Lanka iqtisodiy boʻhron bilan kurashmoqda va yangi qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda. Shri-Lankaliklarning 17% ochlikdan aziyat chekadi va maktab yoshigacha boʻlgan bolalarning 31% toʻyib ovqat yemaydi.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va toʻgʻri ovqatlanish bolalarning hayotini yaxshilashi va ularga yorqinroq kelajak qurishga yordam berishi mumkin. Bu qashshoqlik zanjirini uzish uchun muhim qadam sanaladi. Bizga bu bolalarning hayotida ijobiy oʻzgarish qilish imkoniyatini taqdim etgan Child Action Lanka tashkilotidan minnatdormiz.

Yordam qilish yoʻllarini bilib oling

Child Action Lanka bolalarning oziq-ovqat va salomatlikka oid ehtiyojlarini qondirish, ularni sifatli taʼlim bilan taʼminlash, zoʻravonlikni toʻxtatish va qizlar bilan ayollarga imkoniyat yaratishni maqsad qilgan. Siz batafsil maʼlumot olishingiz va ularning veb-saytida xayriya qilishingiz mumkin.