XM va Human Initiative Demakdagi toshqinlardan qochgan odamlarga umid bagʻishlaydi

Joylangan sana: 15.4.2024 09:33 GMT. Batafsil CSR

Human Initiative tashkiloti bilan xolis hamkorlikda XM Demakda yashaydigan toshqinlardan qochgan insonlarga yordamga qoʻshildi, shu orqali insoniyat qanday yaxshiliklar qila olishini gʻurur bilan namoyish eta bildi.

Fevral boshida yuz bergan toshqinlarga javobimiz tezkor boʻldi va ikki yuzdan ortiq issiq ovqat paketlri, koʻplab gallon suv va boshqa oshxona paketlari bilan biz xayriya qilgan buyumlar ushbu falokatdan zarar koʻrgan ehtiyojmand insonlarga foydasi tegishi aniq.

Bu tashabbus yordamga muhtoj odamlarga oxirgi hodisalar va ehtiyojlardan kelib chiqib koʻmak berishni niyat qilgan gumanitar tashkilot boʻlgan Human Initiative tashkilotining yordamisiz amalga oshmagan boʻlar edi. Ularning sadoqati ajoyib insonlar va tashabbuslar qiyin vaziyatlarda chindan ham dunyoni oʻzgartirishi mumkinligini isbotladi.

Ushbu yordam qoʻlini uzatishga oid ekstraordinar urinish Demak toshqini xayriya dasturi orqali amalga oshirildi va bizning dunyoni yaxshilashga, insoniyatni birlashtirishga oid sadoqatimizning shubhasiz isboti boʻib ajralib turadi.

Biz taqdim etgan bu yordam ishidan juda baxtiyor boʻldik va gʻururga toʻldik. Bu nafaqat kattalar va bolalarda yana umid uygʻotdi, balki XM sifatida bizning harakatlarimiz maqsad va tabiatimiz bilan uygʻun ekanini eslatdik. Biz shunchaki yana bir kompaniya emasmiz. Biz insoniymiz. Biz XMmiz. Biz yordam berishga tayyormiz.

2024-yil 14-20 fevralda amalga oshirilgan gumanitar koʻmak harakati dunyo boʻylab hamjamiyatlarga koʻmak berish urinishimizning bir qismidir.

Human Initiative haqida batafsil maʼlumot oling va ularga yaxshiroq dunyo yaratishda yordam bering.