XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Sodiqlik savol-javoblari

Sodiqlik holatini qanday olaman?

Savdo hisobingizni birinchi bor toʻldirgandan va bitta savdoni yopgandan keyin sizning sodiqlik holatingiz faollashtiriladi hamda Ijrochi darajasiga oʻtkaziladi.

Mening sodiqlik holatim qanday yangilanadi?

  • Ijrochi darajasi Oltin darajasiga 30 kun savdodan keyin yangilanadi.
  • Oltin darajasi Olmos darajasiga 60 kun savdodan keyin yangilanadi.
  • Olmos darajasi Elit darajasiga 100 kun savdodan keyin yangilanadi.

Sodiqlik holatlari qanday farqlanadi?

Darajalar orasidagi farq siz savdo asnosida ishlab oladigan XMPlar miqdoridadir.

  • Ijrochi darajasi = standart toʻliq tranzaksiya loti uchun 7 XMP
  • Oltin darajasi = standart toʻliq tranzaksiya loti uchun 10 XMP
  • Olmos darajasi = standart toʻliq tranzaksiya loti uchun 13 XMP
  • Elit darajasi = standart toʻliq tranzaksiya loti uchun 16 XMP

Holatni yoʻqotish mumkinmi?

Maʼlum faolsizlik davrlaridan keyin XMPlaringiz eskiradi va sodiqlik darajangiz qaytadan Ijrochi darajasiga oʻtkaziladi.

  • Oltin holati 30 kun faolsizlikdan keyin bekor qilinadi
  • Olmos holati 60 kun faolsizlikdan keyin bekor qilinadi
  • Elit holati 100 kun faolsizlikdan keyin bekor qilinadi

XMP nima?

XMP bu XM ballarini bildiradi va ularni vaqt davomida toʻplash hamda kreditga aylantirish mumkin. Sodiqlik darajangiz oshgani sari siz yuqoriroq stavkada XMP ishlashingiz mumkin boʻladi.

Men XMPni qanday toʻplayman?

XMP savdo qilganingizda avtomatik ravishda olinadi. Har bir standart toʻliq tranzaksiya loti savdo qilinganda, siz joriy sodiqlik holatingizdan kelib chiqib 7, 10, 13 yoki 16 XMP olasiz. Sodiqlik holatingiz qanchalik yuqori boʻlsa, savdolaringizdan toʻplanadigan XMP stavkasi shunchalik baland boʻladi va siz koʻproq kredit ballariga ega boʻlasiz.

XMP nimaga teng?

Misol tariqasida, balansingizda 1200 XMP bor. Buni savdoda foydalanish uchun 400$ kredit sifatida ishlatish mumkin.

Kredit

Hisoblash:
XMP ÷ 3 = Olishingiz mumkin kredit ballari miqdori

Sodda misol:
1200XMP ÷ 3 = 400$

Bu bilan nima qila olaman?
Savdo qiling. Yechib olmang.

Men XMPni kredit sifatida qanday olaman?

Shaxsiy kabinet bosh sahifasida siz joriy XMP balansingizni va uning kredit qiymatining ekvivalentini koʻrishingiz mumkin. U yerda shunchaki "Hozir olish" tugmasini bosing va siz qancha XMP olishingiz soʻraladigan sahifaga olib oʻtilasiz. Kreditingiz u yerda savdo hisobingizga depozit qilinadi va undan savdo maqsadlarida foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Biror cheklov bormi?

Siz savdo maqsadlarida foydalanilishi mumkin boʻlgan XMPni kredit sifatida olishingiz mumkin. Kreditdan foydalanib ishlangan har qanday daromadni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo, har qanday mablagʻning yechib olinishi proporsional shaklda kredit va uni olishga ishlatilgan tegishli XMP miqdorining olib tashlanishi bilan yakunlanadi.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.