XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

7 Aktiv toifalari - 10 Savdo platformalari - 1000dan ortiq vositalar.
XM da foreks, alohida aksiyalar, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari, fond indekslari va tematik indekslar bilan savdo qiling.

Tematik indekslar – Spredlar / shartlar

TEMATIK INDEKSLAR SAVDO SOATLARI (Crypto 10 dan tashqari)
(GMT+2 mintaqasida, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin)

Hafta kuni 16:40-22:50


CRYPTO 10 SAVDO SOATLARI

Kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun

* Svop stavkalari indeks valyutasining tegishli banklararo kursiga qarab hisoblanadi. Uzoq pozitsiyalardan tegishli banklararo stavka plyus ustama yechiladi hamda qisqa pozitsiyalardan stavka minus ustama olinadi. Operatsiya 00:00da (GMT+2 mintaqasi, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) amalga oshiriladi, unga bir necha daqiqa ketishi mumkin hamda u har kuni tatbiq etiladi.

** Joriy bozor narxida kutayotgan buyruqlarni joylash uchun minimal daraja.

Tematik indekslar CFDlari uchun marja talabi quyidagicha hisoblanadi: Lotlar * Shartnoma oʻlchami * Ochilish narxi * Marja foizi hamda savdo hisobingizning kredit yelkasiga asoslanmaydi.

Siz CFDlarda pozitsiyalarni hedjlaganda va marjangiz darajasi 100% dan yuqori boʻlganda marja doim 50% boʻladi.

Tematik indekslar – Kim aslida kim?

AI Index: AI Index sunʼiy idrok ekotizimidagi, jumladan mikroprotsessorlar va avtonom sunʼiy idrokni rivojlantirish bilan shugʻullanadigan top AQSH kompaniyalarining taʼsirini namoyon etadi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

China Internet: China Internet Internet bozoridan sezilarli daromad oladigan Xitoyning eng yirik 30 ta kompaniyasining rentabellik koʻrsatkichini qamrab oladi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

Crypto 10: Crypto10 indeksi oʻnta yetakchi kriptovalyutani AQSH dollariga nisbatan real vaqtda kuzatish imkonini taqdim etadi va taniqli raqamli aktiv birjalarining rentabellik darajasiga diqqat qaratadi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

Electric Vehicles: Electric Vehicles indeksi AQSHda savdo qilinadigan va daromadining kamida 50% elektromobillar ishlab chiqarish yoki ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar ishlab chiqarishdan oladigan kompaniyalarni kuzatadi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

FAANG 10: FAANG 10 texnologik taraqqiyot va oʻsishning asoslarini bir xil darajada qamrab oluvchi Nasdaq fond birjasida savdo qiladigan top 10 ta kompaniyani namoyon etadi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

Blockchain & NFT: Blockchain & NFT indeksi AQSH va Kanada birjalarida ishtirok etadigan va oʻsib borayotgan NFT, blokcheyn va kriptovalyuta sektorlarining taʼsirini namoyon etadi. Maʼlumot BITA tomonidan taqdim etilgan.

Barchasini ochish|Barchasini yopish

Tematik indekslar oʻzi nima?

Tematik indekslar moliyaviy bozorlardagi alohida mavzu, sektor yoki sanoatni kuzatadi va koʻrsatkichlarini oʻlchaydi. Bu indekslar maʼlum mavzu yoki trendga aloqador treyderlar va investorlarga aktivlar, kompaniyalar yoki sarmoyalar haqida tahliliy maʼlumotlar taqdim etish uchun yaratilgan va bozordagi mavzular muvaffaqiyati va oʻsishini oʻlchash imkonini beradi.

Tematik mavzular bir qator mavzular, jumladan, texnologiya, salomatlik, yashil energiya, e-tijorat, ESG tamoyillari, kiberxavfsizlik, blokcheyn va isteʼmolchi sektorini qamrab oladi. Umuman olganda, tematik indekslar maʼlum bozor mavzulari yoki sektorlarni kuzatish va sarmoya kiritish uchun tuzilmali va sanoqli uslub taqdim etadi, bu treyderlar va investorlarga oʻz sarmoya parametrelari va qarashlariga qarab oqilona qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Tematik indekslarning toʻlovlari nimalar?

Bu mahsulot uchun yagona toʻlov bu agar savdoni kechasiga ochiq qoldirsangiz, spred va svop toʻlovidir. Boshqa komissiya yoki toʻlovlar qoʻllanmaydi.

Tematik indekslarda ochilgan pozitsiyalardan dividend olish mumkinmi?

Barcha tematik indekslar umumiy indekslari boʻlib, tarkibiy komponentlarning narxlari harakatini kuzatishdan tashqari, barcha naqd pul taqsimotlari qayta investitsiya qilingan deb hisoblab, bir guruh tarkibiy qismlarning faoliyatini oʻlchaydi. Umumiy daromad indekslari toʻliq dividendli qayta investitsiyalar bilan hisoblangan yalpi daromad variantlar sifatida taqdim etiladi.

Shu sababli, tematik indekslar boʻyicha dividendlarni qayta investitsiyalash tufayli, dividend toʻlayotgan ta'sischilar tufayli pasayish yoʻnalishi boʻyicha tuzatishlar amalga oshirilmaydi va tematik indekslar boʻyicha dividendlarga tuzatish kiritilmaydi.

Men qanday platformalarda tematik indekslar savdosini amalga oshirishim mumkin?

Tematik indekslar MT5 platformasida taqdim etiladi.

Tematik indekslar qanday hisob turlari ostida taqdim etiladi?

Tematik indekslar Ultra Low Standard hisoblarida mavjud.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.