XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Aksiyalar shartlari

Barcha AQSH aksiyalari uchun toʻlov har bir aksiya uchun 0.04$ kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 1$.

Barcha Buyuk Britaniya aksiyalari uchun toʻlov har bir tranzaksiya uchun 0.10% kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 9$.

Barcha Germaniya aksiyalari uchun toʻlov har bir tranzaksiya uchun 0.10% kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 5$.

Har oyning uchinchi jumasida Buyuk Britaniya aksiyalari savdo soatlarida 12:10 va 12:16 GMT+2 orasida (yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) tanaffus boʻladi.

Taqvim sanalari taxminiy va oʻzgarishi mumkin.

Aksiyalar boʻyicha dividendlarning rostlanishi

Aksiyalar dividend rostlanishiga uchrashi mumkin.

Kompaniya oʻz aksiyadorlariga dividend toʻlaganda, kompaniya qiymatini dividendlar miqdoriga kamaytirish muhimdir.

Bu dividendsiz sanada (kompaniya aksiyasi dividend qiymatisiz sotilishni boshlagan kun) ochiq turgan aksiyaning bozordagi narxining kamayishi bilan aks ettiriladi.

Agar sizda dividend toʻlaydigan aksiya boʻlsa, unda sizga dividendsiz sanada soliqdan keyingi miqdor oʻtkaziladi.

Dividendlar uchun qoʻllanadigan soliq stavkalari quyidagicha:

Germaniya: 25%

Buyuk Britaniya: 0% (yaʼni dividendlar uchun soliq toʻlanmaydi)

AQSH: 30%

Uzoq pozitsiyalaringiz quyidagicha hisoblangan miqdorga ega boʻladi:

Dividend rostlanishi = eʼlon qilingan aksiya dividendi x aksiyalardagi pozitsiya oʻlchami x (1 – tegishli soliq stavkasi)

AQSH: 30% (Birlamchi holatda barcha shaxslardan AQSH qonunlariga asosan 30% soliq olib qolinadi. Ammo, AQSH ayrim mamlakatlar bilan tuzgan soliq kelishuvlari sizga kezi kelganda kamroq soliq olinishi huquqini berishi mumkin. Siz bu kabi kelishuv taʼsiri ostida boʻlganda biz tegishli stavkani qoʻllay olishimiz uchun XM sizdan W-8BEN shakli kabi kerakli hujjatarni talab qilish majburiyatiga ega)

Korporativ voqealar

Quyidagi jadvalda siz bu haftada korporativ choralar kutilayotgan vositalarning barcha belgilarini koʻrishingiz mumkin. Quyida koʻrsatilgan barcha raqamlar likvidlik provayderlarimizning kutgan raqamlarini namoyon etadi va shu sababli ular oʻzgarishi mumkin.

 

Barchasini ochish|Barchasini yopish

09.09.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
09.09.2024 Google_sh 0.14
09.09.2024 Fedex_sh 0.966
09.09.2024 Blackrock_sh 3.57

11.09.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
11.09.2024 HP_sh 0.19292

12.09.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
12.09.2024 Nvidia_sh 0.007

13.09.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
13.09.2024 Coca-Cola_sh 0.3395

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.